Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Nyukasl" katta transfer tayyorlamoqda

"Nyukasl" katta transfer tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson «Nyukasl»ga qaytishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qarg‘alar» 23 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida sotib olishlari mumkin. Ta’kidlanishicha, agar Bruno Gimaraesh yoki Sandro Tonali jamoani tark etadigan bo‘lsa, «Nyukasl» Andersonni ularga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Anderson barcha turnirlarni inobatga olgan holda 38 ta o‘yinda ishtirok etdi, o‘z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Yarim himoyachining «Nottingem Forest» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:40, 15.03.2026.
O'qildi: 1314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик