Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dyokeresh: "Maks Douman — aql bovar qilmas futbolchi"

Dyokeresh: "Maks Douman — aql bovar qilmas futbolchi"

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh jamoaning 16 yoshli vingeri Maks Doumanning o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Maks Douman — aql bovar qilmas darajada. Uning qanday o‘ynashini ko‘rib turibsiz. To‘pni qabul qilib olganda, u har doim xotirjam va ortiqcha hayajonsiz harakat qiladi. Bu har doim to‘g‘ri qaror qabul qilishga intiladigan ajoyib futbolchi. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz», — deya Dyokereshning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Douman — «Arsenal» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda vinger asosiy jamoa safida yettita uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Doumanning transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:46, 15.03.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик