Kirish Ro'yxatdan o'tish

Roy Kin «Liverpul»ni keskin tanqid qildi: «Ular maktab darajasidagi golni o‘tkazib yuborishdi»

Roy Kin «Liverpul»ni keskin tanqid qildi: «Ular maktab darajasidagi golni o‘tkazib yuborishdi»

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni «Liverpul» o‘z muxlislarini xursand qila olmadi — Premyer-liga doirasida «Tottenxem»ga qarshi kechgan uy uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O‘tmishning mashhur futbolchisi Roy Kin «qizillar» haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Liverpul» o‘z-o‘ziga ko‘zguda boqishi va shunday deyishi kerak: «Keling, o‘yin oxirida gollar uradigan o‘tgan yilgi kurashchanlik va ishtiyoqimizga qaytaylik». Futbolchilar mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari lozim. Ular maktab bolalari darajasidagi golni o‘tkazib yuborishdi», — dedi Kin Sky Sports efirida.

Ayni damda «Liverpul» Premyer-liga turnir jadvalida Chempionlar ligasi hududidan tashqarida — beshinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda «qizillar» «Brayton»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 00:35, 16.03.2026.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик