Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Igor Tudor «Liverpul» bilan o‘yindan so‘ng iste’fo haqidagi savollarga javob berdi

Igor Tudor «Liverpul» bilan o‘yindan so‘ng iste’fo haqidagi savollarga javob berdi

Baho:
+ | -

Igor Tudor o‘z kelajagi borasida fikr bildirdi. Yakshanba kuni «Tottenxem» safarda «Liverpul» bilan bahsda 1:1 hisobidagi durangga erishdi. Bu hozirgacha Tudor qo‘l ostida o‘tkazilgan beshta o‘yin ichida «Tottenxem» mag‘lub bo‘lmagan yagona uchrashuvdir.

«Mening kelajagim? Agar yaxshi natija bo‘lmasa, har qanday klubda vaziyat bir xil, «Tottenxem» ham bundan mustasno emas. Murabbiy almashishi umid beradi, lekin muammo qolmoqda. Murabbiy bu muammoni hal qilishi kerak. Jurnalistlar bunday savollarni berishni yaxshi ko‘rishadi, lekin bundan mantiq yo‘q. Doim bir xil savollar», — dedi Tudor «Enfild»dagi o‘yindan keyingi intervyusida.

«Tottenxem» Angliya chempionati turnir jadvalida 16-pog‘onani egallab turibdi. «Shporlar» xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasidan) atigi bir ochko oldinda.

Kiritildi: 00:37, 16.03.2026.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик