Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Islom Ismoilov: "Taktika emas, xarakter g‘alaba qozondi"

Islom Ismoilov: "Taktika emas, xarakter g‘alaba qozondi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi O‘zbekiston Superkubogi uchun kechgan bahsda "Paxtakor"ni mag‘lub etib (1:0), bosh sovringa ega chiqdi. Uchrashuvdan so‘ng g‘oliblar ustozi Islom Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

G‘alaba va vodiylik muxlislar haqida

"Avvalo, ushbu zafar bilan butun Farg‘ona ahlini va ishqibozlarimizni tabriklayman. Stadionda nafaqat farg‘onalik, balki andijonlik va namanganlik muxlislar ham bizni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi. Ularga katta rahmat aytaman. O‘yin juda ochiq va hujumkor ruhda o‘tdi, yakunda omad bizga kulib boqdi".

Uslubdagi o‘zgarishlar va pressing

Murabbiy jamoa o‘yinidagi o‘zgarishlar va Vitaliy Levchenko davridan qolgan meros haqida ham to‘xtaldi:

"O‘tgan mavsumda jamoa ko‘proq himoyaviy futbolga tayanardi. Biz esa yigitlarni hujumkor o‘yin ko‘rsatishga majburlayapmiz va ular ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishmoqda. "Paxtakor"ga qarshi bahsda raqibga erkinlik bermaslik uchun dastlabki daqiqalardan gegenpressing qo‘lladik. Odatda jamoalar "Paxtakor"ga to‘pni berib qo‘yishadi, biz esa bu xatoga yo‘l qo‘ymadik".

Markazdagi tanlov va futbolchilar mahorati

"Raqibning markaziy chizig‘i kuchliligini inobatga olib, maydon markaziga Jokich va Ratinioni tushirdik. Ular bir-birini to‘ldirib harakat qilishdi. To‘g‘ri, "Paxtakor"da ham mahoratli, milliy terma jamoa a’zolari ko‘p, ammo bunday finallarda taktikadan ko‘ra xarakter birinchi planga chiqadi. Bugun yigitlarimiz matonat ko‘rsata olishdi".

Tanqidlar va o‘zbek murabbiylari haqida

"Mavsum boshidagi negativ fikrlardan hayron qolgandim. Aksincha, o‘zimizning mahalliy murabbiylarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, axir hammamiz shu vatan uchun mehnat qilyapmiz. Men bunday gaplarga chalg‘imayman. Eng asosiy maqsadim — mehnatim va natijalarim orqali barcha savollarga javob berish", — dedi Ismoilov.

Kiritildi: 11:00, 16.03.2026.
O'qildi: 1191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик