Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Arsenal» Belgiya chempionati to‘purarini nishonga oldi

«Arsenal» Belgiya chempionati to‘purarini nishonga oldi

Baho:
+ | -

Belgiyaning «Bryugge» klubi hujumchisi Nikolo Tresoldi Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.

21 yoshli futbolchi Belgiya chempionatining joriy mavsumida 29 ta o‘yinda 12 ta gol urgan holda to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. Ingliz OAVlarining ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» asli italiyalik bo‘lgan ushbu nemis forvardining muvaffaqiyatlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Ma’lumki, Angliya grandi mavsumlar oralig‘ida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va «Bryugge» yulduzi potensial nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Transfermarkt portalining bahosiga ko‘ra, Nikolo Tresoldining bozor qiymati 13 million yevroni tashkil etadi. Umumiy hisobda futbolchi joriy mavsumdagi barcha musobaqalarda 47 ta bahsda maydonga tushib, 16 ta gol va beshta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 12:11, 16.03.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик