Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» tarkibni tubdan o‘zgartirishni va yangi murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda

«Real» tarkibni tubdan o‘zgartirishni va yangi murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

Joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng Madridning «Real» klubi tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. «Qaymoqranglilar» rahbariyati jamoani ko‘plab pozisiyalarda kuchaytirish zarur deb hisoblamoqda.

Pacojo Delgado nashrining xabar berishicha, klub himoya markazi va qanotlari uchun yangi o‘yinchilar izlamoqda. Shuningdek, yangi hujumchi, vinger va ikkita markaziy yarim himoyachi sotib olish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, «Real»da yangi bosh murabbiy tayinlanishi mumkin. Jamoa tarkibi aynan yangi murabbiyning talablari asosida, uzoq muddatli istiqbolni ko‘zlagan holda shakllantiriladi.

Hozirda madridliklar La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi va peshqadam «Barselona»dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqdalar.

Kiritildi: 13:11, 16.03.2026.
O'qildi: 6980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик