Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Flik jarohatdan qaytgan Gavining texnik iqtidorini e’tirof etdi

Flik jarohatdan qaytgan Gavining texnik iqtidorini e’tirof etdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Gavi yakshanba kuni o‘tgan yilning avgust oyidan beri ilk bor «Barselona» safida maydonga tushdi. Futbolchi tizzasidagi muammo tufayli o‘tkazilgan operasiyadan so‘ng uzoq vaqt tiklanish jarayonini boshdan kechirdi. Uning qaytishi borasida «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu Gavi uchun yaxshi qadam bo‘ldi. U yana safimizda ekanligidan xursandmiz, bu tibbiy shtabimizning muvaffaqiyatidir. U chorshanba kuni o‘ynay oladimi yoki yo‘q, bilmayman, lekin mavsumning qolgan qismida bizga albatta yordam beradi. U juda texnik futbolchi va biz undan mamnunmiz», — dedi Flik jurnalistlarga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni «Barselona» o‘z maydonida «Sevilya»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Chorshanba kuni kataloniyaliklar yana o‘z stadionlarida — Chempionlar ligasi doirasida «Nyukasl»ga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 13:25, 16.03.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик