Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Real»dan so‘ng boshqa klubda ishlamoqchi emasdim»: Anchelotti Braziliya terma jamoasidagi faoliyati haqida

«Real»dan so‘ng boshqa klubda ishlamoqchi emasdim»: Anchelotti Braziliya terma jamoasidagi faoliyati haqida

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti nima uchun aynan «pentakampeonlar»ni boshqarishga qaror qilgani haqidagi savolga javob berdi.

«Real»dan keyin boshqa klubda ishlashni istamagandim. Ikki yil oldin menda Braziliya terma jamoasini boshqarish imkoniyati paydo bo‘lgandi, lekin o‘shanda «Real» bilan shartnomani uzaytirgandim. O‘tgan yili esa ketish vaqti kelganligi haqida qaror qabul qildik va hozir men baxtliman», — deya Anchelottining so‘zlarini Marca nashri keltirmoqda.

Shu yozda Braziliya terma jamoasi JCH-2026 musobaqasida ishtirok etadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, jamoa «C» guruhidan joy olgan bo‘lib, u yerda Gaiti, Marokash va Shotlandiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 13:53, 16.03.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик