Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti Vinisius Juniorning xarakteriga baho berdi

Anchelotti Vinisius Juniorning xarakteriga baho berdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Vinisius Juniorni ta’riflab berdi. Italiyalik mutaxassis Vini bilan bir necha yildan beri ishlab kelmoqda, chunki u avvalroq "Real"ni boshqargan edi.

"Vinisius Junior braziliyaliklarga xos bo‘lgan barcha fazilatlarga ega. Braziliyalik — bu quvnoq va juda kamtar inson. Braziliya terma jamoasida birorta ham manman inson yo‘q — xuddi men taniydigan barcha braziliyaliklar kabi. Vini — kamtar, quvnoq va favqulodda iqtidor sohibi", — deya Anchelottining so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Shu yozda Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Mundialning guruh bosqichida "selesao" Shotlandiya, Marokash va Gaiti terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 17:06, 16.03.2026.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик