Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Dembele «Chelsi»ga qarshi javob o‘yini haqida: «Biz faqat himoyalanish uchun chiqmaymiz»

Dembele «Chelsi»ga qarshi javob o‘yini haqida: «Biz faqat himoyalanish uchun chiqmaymiz»

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Chelsi»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ilk o‘yinda parijliklar 5:2 hisobida g‘alaba qozongan.

«Tiklanish va o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha vaqt bo‘ldi. Biz juda katta motivasiya bilan maydonga tushamiz. Niyatimiz faqat himoyada o‘tirish emas, balki hujum qilib, o‘yinda g‘alaba qozonish. Biz har doim g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Faqat ustunlikni saqlab qolish uchun o‘z yarim maydonimizda qolib ketishimiz mumkin emas. Biz g‘alaba qozonish uchun hujum qilamiz.

Albatta, ehtiyot bo‘lishimiz kerak, chunki bu juda sifatli jamoa va katta klub. Bizning maqsadimiz o‘zgarmaydi — biz g‘alaba qozonmoqchimiz. Ba’zi paytlarda qiyin bo‘lishi mumkin, bunga tayyor bo‘lish kerak. Ammo o‘tgan yili Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganimizda ham shunday og‘ir davrlar bo‘lgan.

Birinchi o‘yinda juda yaxshi harakat qildik. «Chelsi» kuchli jamoa. Biz konsentrasiyani saqladik, hisobni 4:2 ga olib chiqqan gol juda muhim bo‘ldi va keyin yana bir bor gol urdik. Endi ham diqqatni yo‘qotmasligimiz kerak», — dedi Dembele RMC Sport nashriga.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:59, 17.03.2026.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик