Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Ryudiger «Real» bilan yangi shartnoma imzolashga sha’ma qildi

Ryudiger «Real» bilan yangi shartnoma imzolashga sha’ma qildi

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger o‘z kelajagi mavzusida to‘xtalib o‘tdi. Germaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

«Men uchun eng muhimi — sog‘lom bo‘lish. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Qolgan masalalarga kelsak... Ishonchim komilki, biz o‘zaro kelishuvga erishamiz. Hozir bu haqda gapiradigan vaqt emas.

Bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Odamlarning menga bo‘lgan hurmatini sezyapman va buni yuqori baholayman. Ba’zida faqat hissiyotlarga berilmaslik kerak, bu bizning ishimiz ekanini ham hisobga olish lozim. Ammo menga «Real»da o‘ynash juda yoqadi», — dedi Ryudiger matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, bahor boshida Antonio Ryudiger 33 yoshni qarshi oldi. Germaniyalik himoyachi 2022 yilning yozida «Chelsi»dan transfer qilinganidan buyon «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 13:14, 17.03.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик