Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Ertaga ko‘rishamiz": Lamin Yamal Neymarning uslubida "Nyukasl"ni mahv etmoqchi

"Ertaga ko‘rishamiz": Lamin Yamal Neymarning uslubida "Nyukasl"ni mahv etmoqchi

Baho:
+ | -

"Barselona" vingeri Lamin Yamal ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. 18 yoshli futbolchi Neymarning "ko‘k-anorranglilar" tarkibidagi yorqin o‘yinlaridan iborat videojamlanmani e’lon qildi.

"Ertaga ko‘rishamiz", — deb yozib qoldirdi Yamal.

Bu bilan Yamal ertangi o‘yinda xuddi Neymar kabi raqib himoyasini yorib o‘tishga tayyorlanayotganiga sha’ma qildi. Ertaga, 18 mart kuni "Barselona" Chempionlar Ligasi 1/8 finali javob uchrashuvi doirasida "Nyukasl"ni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013-2017 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. Hozirda braziliyalik yulduz "Santos" klubida to‘p surmoqda.

Kiritildi: 22:07, 17.03.2026.
O'qildi: 1589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик