Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Sporting"dan sharmandali mag‘lubiyat: "Budyo-Glimt" murabbiyi YECHLdan chiqib ketish sabablarini aytdi

"Sporting"dan sharmandali mag‘lubiyat: "Budyo-Glimt" murabbiyi YECHLdan chiqib ketish sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubi ustozi Kyetil Knutsen UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida Lissabonning "Sporting" jamoasidan uchralgan yirik mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. Skandinaviyaliklar qo‘shimcha vaqtda 0:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

"Jamoa o‘z futbolini o‘ynamadi. O‘yinchilar xayolida birinchi o‘yin natijasini ushlab turishgan edi. Raqib esa maydonga tushdi va g‘alabadan boshqa hech narsa haqida o‘ylamadi. Bu uchrashuvda bizning futbolimizdan faqat kamyob lahzalargina ko‘rindi, xolos", — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yinda Norvegiya jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

"Sporting" Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi va u yerda Londonning "Arsenal" klubi bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 14:51, 18.03.2026.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик