O‘n olti yoshli himoyachi Filip Pavich "Bavariya"ning kattalar jamoasida debyut qildi.
Xorvatiyalik yosh nemis futbolchisi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining "Atalanta"ga qarshi javob o‘yinining (4:1) 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
The Touchline nashrining xabar berishicha, Pavich tarixda Myunxen giganti safida Chempionlar Ligasida o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi. Filip Pavich 2010 yil 19 yanvarda tug‘ilgan.
Bungacha u asosan "Bavariya"ning o‘smirlar jamoasida o‘ynagan.













