Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Diyego Simeone: "Ba’zan gapirishga hojat yo‘q, raqamlarning o‘zi hammasini aytib turibdi"

Diyego Simeone: "Ba’zan gapirishga hojat yo‘q, raqamlarning o‘zi hammasini aytib turibdi"

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasining so‘nggi 13 yil ichida sakkizinchi bor Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘l olgani haqida fikr bildirdi. Argentinalik mutaxassis «matraschilar»ni 2011 yilning dekabridan beri boshqarib kelmoqda.

— Ba’zida hech narsa deyish shart emas, raqamlarning o‘zi hammasini aytib turibdi, — deya Simeonening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

18 mart kuni «Atletiko» Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida safarda «Tottenxem»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, Simeone shogirdlari birinchi o‘yinda 5:2 hisobida yirik g‘alabaga erishganlari sababli chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Chempionlar ligasining navbatdagi bosqichida «Atletiko»ga «Barselona» raqiblik qiladi. Ushbu uchrashuvlar aprel oyida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:28, 19.03.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик