Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Galatasaroy» yulduzi reklama banneri sabab barmog‘idan ayrilgan bo‘lishi mumkin

«Galatasaroy» yulduzi reklama banneri sabab barmog‘idan ayrilgan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Liverpul»ga qarshi kechgan so‘nggi bahsda «Galatasaroy» qanot hujumchisi Noa Lang reklama shiti (banneri) bilan to‘qnashuv natijasida og‘ir jarohat oldi — futbolchini maydondan zambilda olib chiqib ketishdi.

Turkiya klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, Lang o‘yindan so‘ng darhol shifoxonaga yetkazilgan va u yerda futbolchining o‘ng qo‘l bosh barmog‘i qattiq kesilgani tashxisi qo‘yilgan.

Biroq, turkiyalik jurnalist Mustafa Mandevning ma’lum qilishicha, niderlandiyalik vingerning barmog‘i reklama shitlari orasida qolib ketgan va barmoqning bir qismi uzilib ketgan.

Joriy mavsumda Noa Lang barcha musobaqalarda jami 38 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 17:47, 19.03.2026.
O'qildi: 5405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик