Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Superliga. «Buxoro» o‘z uyida «Dinamo»ni taslim etdi va peshqadamga aylandi

Superliga. «Buxoro» o‘z uyida «Dinamo»ni taslim etdi va peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turi doirasida «Buxoro» va «Dinamo» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Buxoroda bo‘lib o‘tgan uchrashuv qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tdi. Maydon holati ideal bo‘lmaganiga qaramay, har ikki jamoa hujumkor o‘yin namoyish etishga harakat qildi.

O‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq «Dinamo» tashabbusni qo‘lga olishga intildi. Azizbek Amonov va Rasul Yo‘ldoshevning uzoq masofadan bergan zarbalari xavfli chiqqan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Birinchi bo‘lim o‘rtalaridan so‘ng mehmonlar ustunlikni oshirib borishdi va bir necha xavfli vaziyatlar yaratishdi.

Nihoyat, 45-daqiqada «Dinamo» oldinga chiqdi. Firdavs Abdurahmonovning zarbasidan keyin to‘p Ravshan Xayrullayevga tegib darvozaga kirdi va avtogol sifatida qayd etildi. Shu tariqa, mehmonlar tanaffusga minimal ustunlik bilan yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim esa butunlay boshqacha ssenariyda kechdi. 48-daqiqada Temur Mamasadiqov hisobni tenglashtirdi va «Buxoro»ga ruhiy ustunlik bag‘ishladi. Oradan ko‘p o‘tmay, 53-daqiqada Shahzodbek Ubaydullayev mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

«Dinamo» qayta hujumga o‘tishga harakat qilgan bo‘lsa-da, 62-daqiqada Ravshan Xayrullayev o‘z xatosini yuvdi va kuchli zarba bilan hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan vaqt davomida mehmonlar farqni qisqartirishga urindi, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadi.

O‘yin oxirida yana bir dramatik holat kuzatildi: Azizbek Amonovga ko‘rsatilgan qizil kartochka VAR orqali qayta ko‘rib chiqilib, sariq kartochkaga o‘zgartirildi.

Shu tariqa, «Buxoro» ikkinchi bo‘limdagi samarali o‘yini evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 10 ga yetkazib, jadvalda peshqadamga aylandi.

Superliga, 4-tur
19 mart 2026 yil. Buxoro.
«Buxoro» — «Dinamo» — 3:1 (0:1)
Gollar: 0:1 — Ravshan Xayrullayev, 45 (avtogol), 1:1 — Temur Mamasadiqov, 48, 2:1 — Shahzodbek Ubaydullayev, 53, 3:1 — Ravshan Xayrullayev, 62
Ogohlantirishlar: Jaloliddin Jumaboyev, 65, Nurullo To‘xtasinov, 85, Xislat Xalilov, 87, Azizbek Amonov, 90

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:14, 19.03.2026.
O'qildi: 1349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик