Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Vikario «Inter»ga o‘tishga yaqin: Transfer summasi ma’lum

Vikario «Inter»ga o‘tishga yaqin: Transfer summasi ma’lum

Baho:
+ | -

«Tottenxem» darvozaboni Gulyelmo Vikario katta ehtimol bilan joriy mavsum yakunlanganidan keyin klubini o‘zgartiradi.

Jurnalist Mett Barlouning xabar berishicha, «shporlar» Milanning «Inter» klubi bilan transfer shartlari bo‘yicha kelishishga yaqin turibdi. Kelishuv summasi taxminan 17 million funt sterlingni (qariyb 20 million yevro) tashkil etadi. Bu London klubi 2023 yilda italiyalik posbonni «Empoli»dan sotib olgan summaga yaqindir.

Yaqinda Gulyelmo Vikarioning agenti «Inter» sport direktori Pyero Auzilio bilan uchrashdi. Avvalroq 29 yoshli darvozabonning o‘z vataniga qaytish istagi borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, o‘yinchiga «Yuventus» tomonidan ham qiziqish borligi aytib o‘tilgandi.

Kiritildi: 08:24, 20.03.2026.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик