Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Liam Rosenyorning kelajagi haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Liam Rosenyorning kelajagi haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning so‘nggi paytlardagi natijalari ko‘ngildagidek emas. «Ko‘klar» fevral oyi boshidan buyon Premyer-liganing oltita o‘yinida bor-yo‘g‘i ikkita g‘alabaga erishdilar, shuningdek, Chempionlar ligasining 1/8 finalida «PSJ»ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:8 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdilar.

Jurnalist Fabrisio Romano xabar berishicha, yaqqol pasayishga qaramay, «Chelsi» rahbariyati murabbiy Liam Rosenyorga to‘liq ishonch bildirmoqda. Hozirgi vaqtda 41 yoshli mutaxassisning lavozimiga hech narsa xavf solayotgani yo‘q — klub uning g‘oyalarini amalga oshirishi uchun vaqt berishga tayyor.

Liam Rosenyor «Chelsi» boshqaruvini yanvar oyida Enso Mareskaning o‘rniga egallagan edi. Ingliz mutaxassisining shartnomasi 2032 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:55, 20.03.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик