Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Iraola Kerrik "MYU"ni qanday o‘zgartirganini aytib berdi

Iraola Kerrik "MYU"ni qanday o‘zgartirganini aytib berdi

Baho:
+ | -

«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola «Manchester Yunayted» amaldagi ustozi Maykl Kerrik qo‘l ostida nimaning hisobiga o‘sishga erishgani haqida so‘zlab berdi.

Ingliz mutaxassisi yanvar oyida iste’foga chiqarilgan Ruben Amorimning o‘rnini egallab, «qizil iblislar»ning vaqtinchalik boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangan edi. Murabbiylar almashinuvidan so‘ng jamoa to‘qqizta o‘yindan yettitasida g‘alaba qozondi va Premyer-liga turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida mustahkam o‘rnashib oldi.

«Shubhasiz, hozirda «MYU»da hammasi ko‘ngildagidek kechmoqda va gap faqat natijalarda emas. Kerrik davrida jamoa mudofaada sezilarli darajada o‘sdi, hujumda esa Amorim davridagi yuqori darajani saqlab qoldi. Endilikda ular raqiblarga ochiqcha golli vaziyatlar yaratishga kamdan-kam imkon berishmoqda, vaholanki, ilgari bu borada muammolar bor edi», — deya ta’kidladi Iraola matbuot anjumanida.

Juma kuni Angliya chempionatining 31-turi doirasida «Bornmut» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 19:15, 20.03.2026.
O'qildi: 1285 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик