Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Yunayted"ga "Barsa"ning taklifi yoqmadi

"Yunayted"ga "Barsa"ning taklifi yoqmadi

Baho:
+ | -

«Barselona» «Manchester Yunayted»ga hujumchi Markus Reshfordning ijara muddatini uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar Reshfordni yana bir mavsumga ijaraga olib, keyinchalik — 2027 yilda sotib olmoqchi bo‘lgan. Biroq «qizil iblislar» bu taklifga rad javobini bergani aytilmoqda. Angliya grandi «Barselona» bilan bu borada muzokara o‘tkazish niyati yo‘qligini va agar «ko‘k-anorranglilar» Reshfordni o‘z safida ko‘rishni istasa, ijara shartnomasida ko‘rsatilganidek, kelayotgan yozda 30 million yevro evaziga uni sotib olishlari kerakligini aniq tushuntirib qo‘ygan.

28 yoshli Reshford «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda ishtirok etdi, 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:10, 21.03.2026.
O'qildi: 3686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик