Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Arbeloa Mbappe va Bellingemning terma jamoaga ketishiga qarshi emas

Arbeloa Mbappe va Bellingemning terma jamoaga ketishiga qarshi emas

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe yaqindagina tizzasidagi muammolarni hal qilganiga qaramay, Fransiya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Jud Bellingem esa, jarohatdan tiklanib, 50 kun ichida ilk bor yakshanba kungi o‘yinda maydonga tushishi kutilayotgan bo‘lsa-da, Angliya terma jamoasiga jalb etildi. «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa matbuot anjumanida bunga o‘z munosabatini bildirdi.

— Mbappening Fransiya terma jamoasiga chaqirilganiga qanday qaraysiz?

— Juda yaxshi. U tayyor, o‘ynashga qodir va ertaga maydonga tushadi. Terma jamoalarga qancha ko‘p o‘yinchi chaqirilsa, shuncha yaxshi. Bu ularning darajasidan dalolat beradi.

— Bellingemning Angliya terma jamoasiga chaqirilishi-chi?

— Bu borada ham fikrim avvalgidek. U qaydnomadan joy oladi va ertaga o‘ynashi kerak.

— Bellingem va Mbappe terma jamoalarga bormay, shu yerda mashg‘ulot o‘tashlarini istarmidingiz?

— Bu menga bog‘liq emas. Bunday futbolchilar terma jamoaga bormasligini kuta olmayman. Bu tabiiy hol. Men o‘zim ham terma jamoada o‘ynaganman va bu nima ekanligini bilaman. Bu — faxr va mas’uliyat.

Kiritildi: 18:20, 21.03.2026.
O'qildi: 510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик