Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Aleks Remiro "Barselona"ga o‘tishga tayyor: U zaxira darvozaboni bo‘lishga ham rozi

Aleks Remiro "Barselona"ga o‘tishga tayyor: U zaxira darvozaboni bo‘lishga ham rozi

Baho:
+ | -

«Real Sosyedad» darvozaboni Aleks Remiro «Barselona»ga o‘tish g‘oyasini ma’qullamoqda. «Ko‘k-anorranglilar»ning 30 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishi haqida yaqinda xabar berilgan edi. Mundo Deportivo nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik posbon faoliyatini davom ettirishning bunday variantiga, hatto unga zaxira darvozaboni roli taklif qilingan taqdirda ham, mutlaqo qarshi emas. Bo‘lajak transfer summasi 15 mln yevroga baholanmoqda.

Aleks Remiro 2019 yildan beri «Real Sosyedad» sharafini himoya qilib kelmoqda. Yevropa chempioni o‘zining hozirgi jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda jami 301 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 322 ta to‘p olib chiqqan va 114 bor raqiblariga gol urish imkonini bermagan (qo‘riqlanayotgan darvoza daxlsizligini saqlab qolgan). Futbolchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 08:41, 22.03.2026.
O'qildi: 1496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик