Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Dro "PSJ"dagi ilk goliga munosabat bildirdi

Dro "PSJ"dagi ilk goliga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» klubining 18 yoshli futbolchisi Dro Fernandes jamoadagi ilk golini kiritdi. Ispaniyalik futbolchi Liga 1 doirasidagi «Nissa»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng tez orada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuv parijliklarning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Birinchi golimni urganimdan juda xursandman. Men doimo bor kuchimni berishga va jamoaga yordam berishga harakat qilaman, men bunga tayyorman. G‘alabamiz meni yanada ko‘proq quvontirmoqda. Biz uch ochko olish qanchalik muhimligini bilardik va ajoyib o‘yin ko‘rsatdik.

Men aynan shunday lahzalar uchun shu yerdaman — «PSJ»ga yordam berishim kerak. Juda mamnunman», – dedi yosh futbolchi klub kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Dro Fernandes 2026 yilning yanvar oyida «Barselona»dan «PSJ» safiga 8,2 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Bugungi g‘alabadan so‘ng «PSJ» turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib oldi.

Kiritildi: 13:20, 22.03.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик