Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Xulian Alvares «Atletiko»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Xulian Alvares «Atletiko»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares, turli mish-mishlarga qaramay, jamoani tark etish ishtiyoqida emas.

26 yoshli futbolchining nomi muntazam ravishda «Barselona»ga o‘tish bilan bog‘lanmoqda, biroq kataloniyaliklar uchun «matraschilar» yulduzini o‘z tomoniga og‘dirib olish juda qiyin kechadigan ko‘rinadi. Transfer News Live nashrining Sportga tayanib xabar berishicha, Alvares «Atletiko»da baxtli va hech qayerga ketishni rejalashtirmayapti. Hujumchi Diyego Simeone loyihasiga sodiq qolmoqchi.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Xulian Alvaresning narxi 90 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda futbolchi 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentinalikning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:02, 22.03.2026.
O'qildi: 2799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик