Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Rayo Valyekano» ustozi «Barselona»ga qarshi bahs oldidan o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi

«Rayo Valyekano» ustozi «Barselona»ga qarshi bahs oldidan o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni «Rayo Valyekano» La Liga peshqadami — «Barselona»ga qarshi «Kamp Nou»da maydonga tushadi. O‘yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga belgilangan.

«Biz deyarli ideal tarzda harakat qilishimiz va «Barsa» o‘zining eng yaxshi futbolini ko‘rsatmasligidan umid qilishimiz kerak. Shuningdek, xayolimizdan «yo‘qotadigan narsamiz yo‘q» degan fikrni chiqarib tashlash muhim. «Barselona» ustidan qozonilgan g‘alaba — bu mo‘’jiza emas, bunga jamoaviy ish evaziga erishish mumkin», — deya Barca Universal nashri «Rayo Valyekano» bosh murabbiyi Inigo Peresning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Madrid jamoasi turnir jadvalida 32 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, «Barselona» 70 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 15:04, 22.03.2026.
O'qildi: 1036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик