Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Nika Kacharava: «Superliga futbolchilari jismoniy jihatdan juda kuchli»

Nika Kacharava: «Superliga futbolchilari jismoniy jihatdan juda kuchli»

Baho:
+ | -

"Buxoro" klubining tajribali hujumchisi, Gruziya milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Nika Kacharava ilk bor klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Nika, avvalo jarohatdan tuzalib maydonga qaytganingiz bilan tabriklaymiz. Superliganing 4-turida jamoamiz safida debyut qildingiz. Yangi mamlakat va chempionatga moslashish jarayonlari qanday kechmoqda?

— Jarohatdan keyin yana maydonga qaytganimdan men ham xursandman. Keyingi uchrashuvlarda ham maydonga tushib, jamoamga yordam berishni intiqlik bilan kutyapman. Moslashish jarayonlari juda yaxshi kechmoqda.

— «Buxoro» jamoasiga qo‘shilish varianti qanday paydo bo‘ldi? O‘zbekiston futboli haqida qanday ma’lumotlarga ega edingiz?

— Barchasi juda tez sodir bo‘ldi. Yil boshida «Buxoro» jamoasidan taklif oldim. Bu taklifni qabul qilish haqida ko‘p o‘ylab o‘tirmadim, chunki O‘zbekiston chempionatida o‘ynagan do‘stlarim orqali ko‘plab ijobiy fikrlarni eshitgan edim. Shu bois qaror qabul qilish qiyin bo‘lmadi.

— Faoliyatingiz davomida turli kuchli chempionatlarda o‘ynagansiz. O‘zbekiston Superligasi darajasi haqida qanday fikrdasiz?

— Hozircha Superligada faqat bitta o‘yin o‘tkazdim, shuning uchun taqqoslashga hali erta deb o‘ylayman. Ammo ko‘rganlarimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, futbolchilar jismoniy jihatdan juda kuchli.

— «Buxoro» chempionatni muvaffaqiyatli boshladi. Jamoaning dastlabki o‘yinlari haqida fikringiz qanday?

— Haqiqatan ham yaxshi start oldik. Ortda qolgan o‘yinlarda yigitlar yaxshi o‘yin namoyish etishdi. O‘yindan o‘yinga o‘zimizga bo‘lgan ishonch oshib bormoqda. Keyingi uchrashuvlarda ham shu ruhda davom etishimiz kerak.

— Bilamiz, otangiz Kaxaber Kacharava o‘z vaqtida Gruziyada mashhur futbolchi bo‘lgan. Futbolga kirib kelishingizda uning ta’siri bo‘lganmi?

— Albatta, futbol o‘ynashni boshlashimga eng katta sabab — otam. Yoshligimda uning o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘lganman va doim unga o‘xshashni orzu qilardim.

— Muxlislarimiz bu mavsumdan sizdan katta umid qilishmoqda.

— Mening ham bu mavsumdan umidlarim katta. Muxlislar ishonchini his qilib turibman. «Buxoro» jamoasining g‘alabalariga o‘z gollarim bilan hissa qo‘shishga tayyorman.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 19:40, 22.03.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик