Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi yubiley — 40-titulini rasmiylashtirdi

Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi yubiley — 40-titulini rasmiylashtirdi

Baho:
+ | -

Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 40-sovrinini qo‘lga kiritdi. Isponiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi «Manchester Siti» Angliya liga kubogi finalida «Arsenal»ni mag‘lub etib (2:0), bosh sovringa ega chiqdi.

Gvardiola bunday natijaga erishgan tarixdagi ikkinchi murabbiyga aylandi. Birinchi ko‘rsatkich «Manchester Yunayted» va «Aberdin» klublari bilan jami 49 ta sovrin yutgan shotlandiyalik Aleks Fergyusonga tegishli.

Pep o‘z faoliyati davomida «Barselona» (14 ta sovrin), «Bavariya» (7) va «Manchester Siti» (19) klublarida ishladi.

  • «Barselona» bilan: 3 marta La Liga, 2 marta Ispaniya kubogi, 3 marta Ispaniya Superkubogi, 2 marta Chempionlar ligasi, 2 marta Yevropa Superkubogi va 2 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi.

  • «Bavariya» bilan: 3 marta Bundesliga, 2 marta Germaniya kubogi, 1 marta Yevropa Superkubogi va 1 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi.

  • «Manchester Siti» bilan: 6 marta Angliya chempioni, 5 marta Liga kubogi, 3 marta Angliya Superkubogi, 2 marta Angliya kubogi, shuningdek, Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi.

Kiritildi: 02:12, 23.03.2026.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик