Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Saliba jarohat oldi

Saliba jarohat oldi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba Fransiya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

24 yoshli futbolchi yakshanba kuni «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va «kanonirlar»ning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan Liga kubogi finalida ishtirok etdi. Uchrashuv tugaganidan so‘ng, fransiyalik himoyachi to‘pig‘idan jarohat olgani va shu sababli o‘z milliy jamoasi ixtiyoriga yo‘l olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar berdi. «Arsenal» yulduzining «uchranglilar» tarkibidagi o‘rnini «Kristal Pelas» a’zosi, ilgari terma jamoada o‘ynamagan Maksans Lakrua egallaydi.

Fransiyaliklar Braziliya (26 mart) va Kolumbiya (29 mart) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishadi.

Kiritildi: 13:33, 23.03.2026.
O'qildi: 1056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик