Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Depay mojaro markazida qoldi (foto)

Depay mojaro markazida qoldi (foto)

Baho:
+ | -

Braziliyaning «Korintians» klubida to‘p surayotgan niderlandiyalik forvard Memfis Depay mojarolar markazida qoldi. «Flamengo»ga qarshi kechgan bahsning (1:1) ikkinchi bo‘limida, zaxiraga olinganidan so‘ng o‘rindiqda o‘tirgan hujumchi uyali telefonidan faol foydalangani ma’lum bo‘ldi.

«Korintians» murabbiylar shtabi undan telefonni olib qo‘yishni so‘rashiga to‘g‘ri keldi. Bu holat stadiondagi muxlislar va ijtimoiy tarmoqlarda keskin norozilikka sabab bo‘ldi.

Depay allaqachon yuz bergan holat yuzasidan tushuntirish berdi.

«Agar telefondan foydalangan bo‘lsam, bu faqat Niderlandiyadagi tibbiy xodimlar bilan bog‘lanish uchun edi. Men jarohatim tufayli kiyinish xonasida qolishim mumkin edi, ammo jamoamni qo‘llab-quvvatlash uchun maydon chetiga chiqdim. O‘yin natijasidan men ham hafsalam pir bo‘ldi. Oldinga harakat qilishda davom etamiz», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Depay 2024 yildan beri «Korintians» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi shu yozda nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 17:52, 23.03.2026.
O'qildi: 1193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик