Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Xato qilishdan qo‘rqmaydi»: «Real» ustozi Vinisiusning xarakteriga qoyil qoldi

«Xato qilishdan qo‘rqmaydi»: «Real» ustozi Vinisiusning xarakteriga qoyil qoldi

Baho:
+1 | -

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liga 29-turi doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan bahsdagi (3:2) Vinisiusning o‘yiniga baho berdi.

Braziliyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda dubl qayd etdi, jumladan, 72-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.

«Vinisiusdan yana bir ajoyib o‘yin. Iqtidor, shijoat, xarakter va qo‘rquvsizlikning navbatdagi namoyishi. U xato qilishdan qo‘rqmaydi va qayta-qayta harakat qilishda davom etadi.

U juda qiyin vaziyatda bizga g‘alaba keltirgan aql bovar qilmas gol urdi. Tarkibimizda ishga bo‘lgan sadoqati, iste’dodi va jamoani o‘z ortidan ergashtirishga bo‘lgan doimiy intilishi bilan ajralib turadigan bunday futbolchi borligidan baxtiyormiz.

U faoliyatidagi eng yaxshi sport formasidami yoki yo‘qmi, bilmadim, lekin u bunga juda yaqin turibdi», – dedi Alvaro Arbeloa.

Kiritildi: 18:16, 23.03.2026.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик