Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Edegor aprel oyidagi muhim bahsda maydonga qaytadi

Edegor aprel oyidagi muhim bahsda maydonga qaytadi

Baho:
+ | -

«Arsenal» sardori Martin Edegor 4 aprel kuni «Sautgempton»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya Kubogi bahsida maydonga qaytishni maqsad qilgan. Bu haqda Football London nashri xabar bermoqda.

Yarim himoyachi dastlab «Brentford»ga qarshi o‘yinda orttirib olgan jarohatini «Shimoliy London derbisi»da qaytalab yuborgan edi. Shundan so‘ng, «Arsenal» kutilmagan salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida futbolchining to‘liq va ehtiyotkorona reabilitasiya dasturiga asosiy e’tiborni qaratdi.

Garchi Edegorning kubok finali qaydnomasiga kiritilishi borasida ijobiy taxminlar bo‘lgan bo‘lsa-da, yakunda xalqaro tanaffusdan so‘ng mavsumning qolgan qismida optimal holatda qaytishini ta’minlash uchun tavakkal qilmaslikka qaror qilindi.

Edegor xalqaro tanaffus vaqtida mashg‘ulot maydonida o‘z jamoadoshlari — Gabriel Magalyaes, Eberechi Eze, Leandro Trossard, Vilyam Saliba va Yurriyen Timber bilan birga shug‘ullanishi kutilmoqda. Ularning barchasi terma jamoa ixtiyoriga borishdan bosh tortgan.

Kiritildi: 16:21, 24.03.2026.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик