Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Modrich sobiq klubiga qaytishi mumkin

Modrich sobiq klubiga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Zagrebning «Dinamo» klubi «Milan»ning 40 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrichning vakillari bilan xorvatiyalik futbolchining jonajon klubiga qaytishi borasida aloqaga chiqdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Biroq, Modrich yoshiga qaramay, hamon eng yuqori saviyada o‘ynashda davom etmoqchi ekanligi ta’kidlanmoqda. «Milan» klubi esa yangi shartnoma masalasi bilan faol shug‘ullanmoqda va kelishuv uzaytirilgani haqidagi rasmiy bayonot keyingi oydayoq e’lon qilinishi mumkin.

Luka Modrich — Zagrebning «Dinamo» klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, jamoaning asosiy tarkibida 118 ta o‘yin o‘tkazgan, 32 ta gol urgan va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Xorvatiyalik yarim himoyachi o‘tgan yozdan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida futbolchi 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi va uchta assist muallifiga aylandi.

Kiritildi: 18:10, 24.03.2026.
O'qildi: 2021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик