Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Komo» Nikolas Pasni «Real»ga qaytarmaslik yo‘lini topdi

«Komo» Nikolas Pasni «Real»ga qaytarmaslik yo‘lini topdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Komo» klubi yarim himoyachisi Nikolas Pas joriy mavsum yakunlanganidan keyin Madridning «Real» klubiga qaytishdan voz kechishiga umid qilmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klub argentinalik futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolishni juda xohlaydi. «Komo» rahbariyatining fikricha, futbolchiga doimiy o‘yin amaliyoti kafolatlanishi asosiy omil bo‘lishi mumkin, chunki «Real»da Pasni bunday va’da bilan kutib olishlari amrimahol. Shuningdek, «Komo»ning Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi mumkinligi ham muhim rol o‘ynashi ta’kidlanmoqda.

Joriy mavsumda 21 yoshli Pas barcha musobaqalarda jami 33 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Hozirgi vaqtda Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Pasning bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:51, 25.03.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик