Kirish Ro'yxatdan o'tish

Brandtga APL va A Seriyadan takliflar bor

Brandtga APL va A Seriyadan takliflar bor

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandt yozda jamoasini o‘zgartiradi. 29 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanib, amaldagi shartnomasi muddati tugagach, erkin agentga aylanadi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, germaniyalik futbolchining xizmatlariga Angliyaning «Aston Villa», Italiyaning «Roma» va Turkiyaning «Fenerbaxche» klublari qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, o‘yinchiga Milanning «Inter», Londonning «Arsenal» va boshqa ko‘plab klublar da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yulian Brandt «Borussiya» safida yetti yilni o‘tkazdi. Joriy mavsumda u dortmundliklar libosida barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:43, 25.03.2026.
O'qildi: 323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик