«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Joan Garsiya La Liganing 30-turidan o‘rin olgan, 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Madridning «Atletiko» klubiga qarshi muhim o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Hozirgi vaqtda «Atletiko» bilan bo‘lajak o‘yinni «Barselona» uchun hal qiluvchi bahs deb atash mumkinmi?
— Hozir barcha o‘yinlar muhim, chunki biz mavsumning hal qiluvchi bosqichida turibmiz va bu asosiy o‘yinlardan biri. Ammo ayni damda men intilib kelgan terma jamoa ixtiyoridaman va unda iloji boricha yuqori natijalarga erishishni istayman, — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Hozirda «Barselona» 73 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 69 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.













