Hujumchi Aleksandr Isak yozgi transfer oynasida «Liverpul»ni tark etishi mumkin.
ElNacional.cat nashrining xabariga ko‘ra, shvesiyalik hujumchi o‘z agentlaridan shu yozda o‘ziga yangi jamoa topishni so‘ragan. Isak uchun faoliyatini davom ettirishdagi eng ma’qul variant «Barselona» bo‘lib turibdi. Biroq, Kataloniya klubi bunday transferni amalga oshirish uchun mablag‘ topa oladimi yoki yo‘qmi — hozircha noma’lum.
Aleksandr Isak 2025 yilda «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 145 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «qizillar» bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda Isak boldir suyagi sinishidan keyin tiklanish jarayonini o‘tamoqda.













