Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Vinisius Braziliya — Fransiya bahsidan nimalar kutayotganini aytdi

Vinisius Braziliya — Fransiya bahsidan nimalar kutayotganini aytdi

Baho:
+ | -

Braziliya va Fransiya terma jamoalari payshanba kuni AQSHda o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi. Ushbu o‘yin haqida «selesao» hujumchisi Vinisius Junior o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu o‘yin biz uchun juda muhim. Fransiya — ajoyib jamoa. U yerda mening «Real»dagi jamoadoshlarim bor — ular ham kuchli o‘yinchilar. O‘yin juda ochiq ruhda o‘tadi, chunki hech kim shunchaki himoyalanishni istamaydi. Bu biz uchun yaxshi sinov bo‘ladi. Muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashiga kelsak, bu biz uchun doim muhim. Biz birlashganimizda, buyuk yutuqlarga erisha olamiz», — dedi Vinisius matbuot anjumanida.

Braziliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 27 mart kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:05, 25.03.2026.
O'qildi: 1397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик