Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Fabrisio Romano Zidanning Fransiya terma jamoasiga tayinlanishi haqida insayd ma’lumot berdi

Fabrisio Romano Zidanning Fransiya terma jamoasiga tayinlanishi haqida insayd ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Zidan Fransiya futbol federasiyasi bilan milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, tomonlar bu haqda yana qishdayoq e’lon qilishi mumkin edi, biroq amaldagi murabbiy Didye Deshamga nisbatan hurmat yuzasidan bundan tiyilishgan.

Avvalroq Zidan Fransiya terma jamoasidagi murabbiylar shtabiga «Real»da birga ishlagan David Bettoni va Xamidu Msaidini taklif qilgani xabar qilingan edi.

Zinedin Zidan «Real» bosh murabbiyi sifatida ikki karra Ispaniya chempioni bo‘lgan, jamoa bilan ikki marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, uch bor Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:55, 26.03.2026.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик