«Liverpul»ning sobiq sardori va yarim himoyachisi Stiven Jerrard jamoa hujumchisi Muhammad Salohning klubni tark etishi haqida fikr bildirdi.
«Uni o‘rnini to‘ldirish uchun katta foyda keltira oladigan futbolchini sotib olish kerak, aks holda Salohni almashtirib bo‘lmaydi. Bu eng yuqori darajadagi futbolchi bo‘lishi shart — dunyodagi eng yaxshi uch yoki to‘rtta vingerdan biri. Chunki Muhammad aynan shunday o‘yinchi edi», — deya Jerrard so‘zlarini keltiradi Goal.
Avvalroq Saloh joriy mavsum u uchun ingliz klubidagi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Misrlik vinger 2017 yildan beri mersisaydliklar safida to‘p surib kelmoqda. Saloh Angliya chempionatida 310 ta o‘yinda ishtirok etib, 189 ta gol urgan va 92 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













