Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lautaro tezroq safga qaytmoqchi

Lautaro tezroq safga qaytmoqchi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yetakchisi va sardori, argentinalik hujumchi Lautaro Martines ushbu mavsumda yana jamoasiga yordam bera olishidan umid qilmoqda. Martines fevral oyining o‘rtalarida jarohat olgan edi va o‘shandan beri maydonga tusha olmayapti. Uning yo‘qligi «Inter»ning natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi — jamoa Chempionlar ligasini tark etdi va ichki chempionatda ham unchalik ishonchli o‘yin ko‘rsata olmayapti.

Martinesning aprel oyidayoq safga qaytishi istisno etilmayapti — har holda, calcionapoli1926.it sayti shunga sha’ma qilmoqda. Biroq «Inter» rahbariyati hozircha ehtiyotkorlikni saqlab, futbolchining mavsum yakuniga qadar maydonga qaytishi haqida gapirish bilan cheklanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Martines 2018 yildan buyon Milan klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 08:13, 26.03.2026.
O'qildi: 151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик