Italiyaning «Milan» hamda Madridning «Real» klublari sobiq himoyachisi Kristian Panuchchi, agar tegishli sharoitlar bo‘lganida, ya’ni jarohatlangan futbolchilar ko‘p bo‘lmaganida, «Napoli» o‘z chempionlik unvonini himoya qila olishiga shubha qilmayapti. Hozirda Antonio Konte jamoasi A Seriya turnir jadvalida faqat uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
«Agar shuncha jarohatlar bo‘lmaganida, «Napoli» hozir Milanning «Inter» klubi bilan yelkama-elka kurashayotgan bo‘lardi. Bu shunchaki bahona emas, bu fakt. Menimcha, klub hali ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishga to‘la qodir», — deya Panuchchining so‘zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.
Keyingi turda neapolliklar «Milan»ga qarshi maydonga tushishadi.













