"Atletiko Madrid" himoyachisi Markos Lyorente kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
31 yoshli futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida tugaydi.
"Faoliyatimni "Atletiko"da yakunlamoqchiman. Bu yerda uzoqroq qolishni istayman va umid qilamanki, shartnomani uzaytirish borasida kelishib olamiz.
Klubda o‘zimni yaxshi his qilyapman", dedi ko‘p qirrali himoyachi.













