Himoyachi Federiko Gatti shu yozda «Yuventus»ni tark etishi mumkin.
Corriere dello Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi allaqachon 27 yoshli futbolchining o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga Angliya Premyer-ligasi jamoalari qiziqish bildirmoqda. «Yuventus» Gattini taxminan 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Federiko Gatti 2022 yilda «Frozinone»dan «Yuventus» safiga 9 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Turin klubi tarkibida barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali Gattining bozor qiymatini 16 million yevroga baholamoqda.













