Milanning «Inter» klubi «Roma» yarim himoyachisi Manu Konega bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. 24 yoshli futbolchining «neradzurri» lageriga o‘tishi haqidagi xabarlar anchadan beri tarqalmoqda va joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng ish rasmiy muzokaralargacha yetib borishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «Inter» yozda fransuz futbolchisini sotib olishga harakat qiladi, biroq transfer narxi avval taxmin qilinganidek 40 million yevro emas, balki taxminan 50 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali ekspertlari ham futbolchining qiymatini aynan 50 million yevroga baholamoqdalar. Xavbekning «Roma» bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Kone rimliklar safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













