Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ryudiger "Bavariya"ni Yevropaning eng yaxshi jamoasi deb atadi

Ryudiger "Bavariya"ni Yevropaning eng yaxshi jamoasi deb atadi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger Myunxenning «Bavariya» jamoasini Yevropaning eng yaxshi jamoasi deb atadi.

Chempionlar ligasi qur’asi jamoalarni allaqachon chorak finaldayoq o‘zaro to‘qnash keltirdi. Ryudigerning fikricha, madridliklarga eng yomon ikki variantdan biri nasib qilgan.

«Biz «Real»da barchamiz mutlaqo barqaror va jahon darajasidagi jamoa bilan to‘qnash kelishimizni tushunib turibmiz. Hozirgi vaqtda ular «Arsenal» bilan bir qatorda Yevropadagi eng barqaror va eng yaxshi jamoa hisoblanadi», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Kicker nashri.

Birinchi uchrashuv 7 aprel kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, 1/8 finalda «Bavariya» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Atalanta»ni tor-mor etgan bo‘lsa, «Real» «Manchester Siti»ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

Kiritildi: 22:17, 26.03.2026.
O'qildi: 375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик