«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr jamoaning sobiq ustozi Ruben Amorimning istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Men u haqida biron bir yomon gap ayta olmayman. Uning faoliyati ajoyib kechishiga va keyingi klubida ko‘plab g‘alabalarga erishishiga ishonaman. Shunchaki, bizda ishlar yurishmadi va buning uchun biz, futbolchilar ham katta mas’uliyatni o‘z bo‘ynimizga olishimiz kerak», — deya Maguayrning so‘zlarini keltiradi The Guardian nashri.
Ruben Amorim 2024 yilning noyabridan 2026 yilning yanvarigacha «Manchester Yunayted»ni boshqargan edi. Hozirgi vaqtda «qizil iblislar» ustozi vazifasini vaqtinchalik Maykl Kerrik bajarmoqda.
31-turdan so‘ng «Manchester Yunayted» 55 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.













