Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro: "So‘nggi so‘zimni aytib bo‘lganman"

Kazemiro: "So‘nggi so‘zimni aytib bo‘lganman"

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Kazemiro joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng «Manchester Yunayted»ni tark etishini yana bir bor tasdiqladi.

«Menga hamon «Manchester Yunayted»da bo‘lish juda yoqadi. Menimcha, kelajagim borasidagi qaror allaqachon e’lon qilindi va bu yakuniy qaror ekaniga ishonaman. Hozir hayotdan zavqlanyapman. «Manchester Yunayted»dagi so‘nggi o‘yinlarim hissiyotlarga boy va oson bo‘lmasa kerak deb o‘ylayman», — deya Kazemironing so‘zlarini keltiradi jurnalist Adam Krafton.

Kazemiro 2022 yilda Madridning «Real» klubidan «Manchester Yunayted»ga 70 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi «qizil iblislar» safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:27, 27.03.2026.
O'qildi: 420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик