Kirish Ro'yxatdan o'tish

Braziliyalik iqtidor APLga yo‘l olishi mumkin

Braziliyalik iqtidor APLga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Gremio»ning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Gabriel Mek APLning ikki klubi — «Brentford» va «Nottingem Forest» qiziqishlari doirasiga tushdi.

«Gremio» moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani sababli, shu yozda Mekni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bundan oldin futbolchini «Liverpul» va «Chelsi» kabi grandlar ham kuzatib borishgan. Ingliz klublaridan tashqari, Portugaliyaning yetakchi jamoalari — «Benfika», «Sporting» va «Portu» ham braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish joizki, joriy mavsumda Mek «Shaxtyor»ga o‘tishga juda yaqin kelgan edi. «Gremio» Donesk klubining taxminan 15 million yevrolik taklifini qabul qilgan, biroq transfer futbolchining xohishiga ko‘ra amalga oshmay qolgan. Mek o‘z rivojlanishi uchun hozircha Braziliyada qolishni afzal ko‘rgan.

Kiritildi: 18:55, 28.03.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик